19:11 103 yoshli xitoylik ayol koronavirusni yengib o‘tdi | |
Uxandagi olti kunlik davolanishdan so‘ng 103 yoshli ayol koronavirusdan davolandi. Bu haqda Britaniyaning "Independent" nashri xabar qildi. Xabarga ko‘ra, Chjan Guangfen ismli ayol Xitoyning eng keksa koronavirusga chalingan bemori hisoblanadi. U shifoxonaga kelganda og‘ir ahvolda bo‘lgan va shifokorlar bilan zo‘rg‘a aloqa qilgan.
Shifokorlar Guangfen xonimni uyiga javob berdilar. Hozir uning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.
Xitoyda kasallikning yangi holatlari soni muttasil pasayib bormoqda. Mamlakat o‘z fuqarolarini normal hayot tarziga qaytishga undamoqda. Shu kungacha Xitoyda 80 894 nafar odamda koronavirus aniqlangan. Shundan 69 614 nafari yoki 96 foizi bu kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 3 237 nafari esa bu kasallik sabab vafot etdi. Kasallik aniqlanganlarning 8 043 nafari hozir shifoxonalarda davolanmoqda. Ularning 2 622 nafari og‘ir ahvoldaligi aytilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|