12:19 11-sentyabr teraktlariga oid maxfiy hujjat ommaga e’lon qilindi | |
AQSh Federal tergov byurosi Prezident Jo Bayden farmoniga binoan 2001-yil 11- sentyabrdagi teraktlarni tergov qilish bilan bog‘liq maxfiy hujjatlardan birini ommaga e’lon qildi. Maxfiylikdan chiqarilgan hujjatda FBIning Saudiya Arabistoni konsulligi xodimi va Saudiya razvedkasining Los-Anjelesdagi gumon qilingan agenti, 2001 yil 11 sentyabrda samolyotlarni o‘g‘irlab, AQShdagi nishonlarga jo‘natgan odamlarga taqdim etilishi gumon qilingan moddiy-texnik yordamni tekshirish bo‘yicha olib borgan ishlari tafsilotlari mavjud. Unda byuroning Los-Anjelesda saudiyalik talaba bo‘lgani va Saudiya razvedkasining agenti sifatida gumon qilinayotgan Umar al-Bayumi haqidagi shubhalarni kuchaytirgan guvohligi batafsil bayon etilgan. FBI hujjatida aytilishicha, u samolyotni o‘g‘irlab ketishi kerak bo‘lgan terrorchilar uchun «sayohat, uy -joy va moliyalashtirish» bilan shug‘ullangan. Eslatib o‘tamiz, 2001-yil 11-sentyabrda 19 xudkush AQShning sharqiy qirg‘og‘i bo‘ylab havoda to‘rtta yo‘lovchi samolyotini olib qochishgan. Nyu -Yorkdagi Jahon savdo markazining osmono‘par binolarga ikkita layner kelib urilgan, bitta samolyot Vashingtondagi Pentagon binosiga kelib to‘qnashgan, to‘rtinchisi Pensilvaniyada - u Kapitoliy binosiga qulashi kerak edi, biroq yo‘lovchilar bosqinchilarga qarshilik ko‘rsatishi natidasida hujum nihoyasiga yetmay qolgandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2977 kishi 11 sentyabr fojiasi qurboniga aylangan. Egizak minoralarda 2606 kishi, to‘rtta samolyotda 246 kishi halok bo‘ldi. Hujumlar paytida osmono‘par binolarda taxminan 17,400 kishi bo‘lgan. Hujum qurbonlari orasida 77 davlat fuqarolar bo‘lgan. Qurbonlar orasida oddiy odamlar ham, Nyu -Yorkdagi favqulodda xizmat xodimlari ham bor. Minglab odamlar yaralangan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|