15:19 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan fuqaro shifoxonada vafot etdi | |
Qayd etilishicha, Oqdaryo tumni “Oytamg‘ali” MFYda yashagan fuqaro B.R. Payariq tumani sudining 03.02.2021 yildagi sud buyrug‘iga asosan 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari voyaga yetguniga qadar aliment to‘lashi belgilangan bo‘lsa-da, 2021 yil fevral oyidan 2022 yil oktabr oyiga qadar 23.004.990 so‘m miqdorida aliment va moddiy ta’minot pullarini to‘lamasdan kelganligi aniqlangan. JIB Oqdaryo tuman sudining 25.10.2022 yildagi qarori bilan B.R.ga MJtKning 47-4-moddasi 1-qismi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Fuqaro B.R. ma’muriy tartibda qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxonaga 25 oktabr kuni olib borilgan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|