21:23 1 maydan qonunchilikda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? | |
IELTS’dan 7 ball olgan yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab beriladi
Hukumat qaroriga binoan imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari ro‘yxati va kompensatsiya uchun talab etiladigan yuqori ballar belgilab qo‘yildi. Unga ko‘ra, hozircha IELTS, TOEFL, GMAT, GRE va SAT imtihon tizimlaridan yuqori ball olgan yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab beriladi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning idoraviy va hududiy bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining soni 15 foizgacha qisqartiriladi Prezident qaroriga binoan:
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatiladi
Prezident qaroriga asosan Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatiladi hamda Agentlikning jami 110 nafar shtat birligi hisobidan Moliya vazirligi tarkibida boshqaruv xodimlari cheklangan soni 54 nafardan iborat Kapital bozorini rivojlantirish departamenti tashkil etiladi. Shuningdek, 2021 yil 1 maydan boshlab quyidagi mablag‘lar Moliya vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi:
Moliya vazirligi davlat organlari budjetdan tashqari jamg‘armalarining daromad va xarajatlarini e'lon qilib boradi
2021 yil uchun qabul qilingan davlat dasturida Moliya vazirligi tomonidan:
«Shaffof xayriya» yagona interaktiv portali ishga tushiriladi
Prezident farmoniga asosan homiylik mablag‘larini markazlashtirilgan holda to‘plash va tarqatish, ularning maqsadli hamda manzilli yo‘naltirilishini monitoring qilish, ushbu jarayonlarni to‘liq avtomatlashtirish va oshkoraligini ta'minlash, shuningdek, xayriya etuvchi o‘z mablag‘ining ishlatilishini kuzatib borish imkonini beruvchi «Shaffof xayriya» yagona interaktiv portali ishga tushiriladi. Barcha tashkilotlarda ijroni nazorat qilish faqat «Ijro.gov.uz» tizimida amalga oshiriladi Prezident farmoniga asosan barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida ijroni nazorat qilish, nazorat kartotekalarini yuritish va hisobotlarni shakllantirish faqat «Ijro.gov.uz» tizimida amalga oshiriladi. Ichki ishlar organlari tarbiya koloniyasi tarbiyachilariga qo‘shimcha oylik ustama haq to‘lanadi Prezident qarori bilan ichki ishlar organlari tarbiya koloniyasi huzuridagi 35-son umumiy o‘rta ta'lim maktabi filiali o‘qituvchilari va tarbiya koloniyasining tarbiyachilariga, shu jumladan shahodatlangan tarkibga mansub tarbiyachilariga ham amaldagi ustama haqlar va to‘lovlardan qat'i nazar, alohida mehnat sharoitlari uchun tegishlicha bazaviy tarif stavkasining va lavozim maoshining 75 foizi miqdorida qo‘shimcha oylik ustama haq to‘lab beriladi. «O‘zbekiston milliy kinofondi» davlat muassasasi xodimlariga 50 foiz miqdorida shaxsiy ustamalar to‘lanadi Prezident farmoniga asosan «O‘zbekkino» Milliy agentligi huzuridagi «O‘zbekiston milliy kinofondi» davlat muassasasining xodimlariga ularning mehnatiga haq to‘lash oylik jamg‘armasining 50 foizi miqdorida Davlat budjeti hisobidan shaxsiy ustamalar to‘lanadi. Ko‘p qavatli bino va inshootlar qurilishida elektron texnik pasportlar shakllantiriladi Prezident qaroriga ko‘ra, yangi qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘p qavatli bino va inshootlarning konstruktiv tizimi, qurilish maydonining seysmik darajasi, yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar materiallarining mustahkamlik ko‘rsatkichlarini nazarda tutuvchi elektron texnik pasportlarni shakllantirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Fuqarolar yig‘inlari faoliyati samaradorligini reyting baholash tizimini olib boruvchi veb-portal test rejimida ishga tushiriladi Hukumat qarorida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
O‘zbekistonga olib kiriladigan va olib chiqiladigan ekologik xavfli mahsulotlarni majburiy ekologik sertifikatlashtirish tartibi joriy etiladi
Hukumat qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqishda ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida nizom 2021 yil 1 maydan kuchga kiradi.
Manba: "kun.uz"
| |
|