23:52 1 yanvardan internet arzonlashadi. U kimlarga amal qiladi? | |
O‘zbekistonda 2020 yilning 1 yanvaridan operatorlar va provayderlar uchun internet narxlari 56 ming so‘mga tushiriladi. Bu haqda “O‘zbektelekom” kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, 2019 yilda operatorlar va provayderlar uchun Xalqaro kanallarga ulanish tariflari soniyasiga 1 megabit tezlik uchun 85 ming so‘mdan 70 ming so‘mga arzonlashgan. 2020 yilda xuddi shu tezlik 56 ming so‘mga tushirilishi kutilmoqda. So‘nggi yillarga nisbatan O‘zbekistonda Internet xizmatlariga tariflar o‘rtacha 4 marotaba pasaytirilgan. Kabelli internetning tezligi O‘zbekistonning barcha foydalanuvchilari uchun qariyb ikki marta oshgan. Hozirgi kunda operatorlar uchun Internet xizmatlarining eng tezkor tarif rejasi soniyasiga 100 megabit tezlikda. Bir yil oldin esa eng tezkor tarif 20 megabit tezlikdan oshmagan. Shuningdek, eng yuqori tezlikdagi tariflarning narxlari ham pasaygan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|