19:43 20 400 dona pirotexnika vositalari «paqillash»dan to‘xtatib qolindi | |
Bojxonachilar tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda. Xususan, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida yana bir noqonuniy harakat fosh etildi. Jizzax shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro O.S. boshqaruvidagi «Matiz» rusumli transport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Natijada avtoulovning orqa o‘rindig‘ida hech kanday hujjatlari bo‘lmagan jami 20 400 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|