O‘zgidrometning ma’lum qilishicha, ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 iliq, kunduzi 12-14 iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ertalab tuman tushishi mumkin, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-3 sovuq, kunduzi 10-15 iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ertalab tuman tushishi, vaqt-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 iliq, kunduzi 10-15 iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir, qor aralash yog‘ishi kutilmoqda. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 iliq, kunduzi 12-17 iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 iliq, kunduzi 17-22 iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 iliq, kunduzi 8-13 iliq bo‘ladi.