12:05 2 Nafar suriyalik qalbaki hujjatlar bilan ostonada qo‘lga olindi (video) | |
Qozog‘iston respublikasi chegara qo‘shinlari xodimlari Bolgariya fuqaroligini tasdiqlovchi qalbaki pasportlari bo‘lgan, Buyuk Britaniyaga chiqib ketishni rejalashtirgan 2 nafar suriyalik fuqaroni oldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri. “Ostona” chegara nazorati bo‘limi xodimlari Ostona-London reysi bo‘yicha uchayotgan Bolgariya pasportiga ega bo‘lgan ikki nafar fuqaroning pasportlarini tekshiruvdan o‘tkazganda, pasportlarning qalbaki ekanligi, ular Bolgariya emas, balki Suriya fuqarolari ekanliklari aniqlangan. Qo‘lga olingan shaxslarning so‘zlariga qaraganda, ular yaxshi hayot kechirish uchun Buyuk Britaniya sari yo‘l olishgan. Jinoyatchilar qo‘lgan olingani haqida tegishli organlarga ma’lumot berildi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|