15:28 3 xil Go‘shtdan 3 xil STEYK | |
Baliq go‘shtidan... Zarur masalliqlar: 2 bo‘lak baliq go‘shti, 2 osh qoshiq zaytun yog‘i, tuz, maydalangan rozmarin, qora murch. Tayyorlanishi: Tuz, murch va rozmarinni aralashtirib, baliq go‘shti bo‘laklariga yaxshilab surting. Zaytun yog‘ini qizdirib, baliq go‘shti bo‘laklarini soling. Har ikkala tomonini 5 daqiqadan qovuring. Pishgach, folga (zar qog‘oz)ga o‘rab, 10 daqiqa qo‘ying. Keyin dasturxonga tortishingiz mumkin. Mol go‘shtidan... Zarur masalliklar: 300 gr. mol go‘shti, ziravorlar, tuz, murch. Tayyorlanishi: Mol go‘shtini yupqaroq bo‘laklarga bo‘ling. Keyin bolg‘acha yordamida yaxshilab uring. Ziravorlar, tuz, murch sepishni unutmang. Quruq tovani qizdirib, go‘shtning Har ikkala tomonini 8 daqiqadan past olovda pishirib oling. Tovuq go‘shtidan... Zarur masalliqlar: 300 gr. tovuq go‘shti, 1 dona tuxum, 50 gr. pishloq, ziravorlar, mayonez, tuz, murch. Tayyorlanishi: Tovuq go‘shtini yupqaroq bo‘laklarga bo‘ling. Mayonez, tuxum va qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloqni aralashtiring. Keyin tovuq go‘shti bo‘laklarini aralashmaga belab olib, ziravor, tuz, murch seping. 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 20-30 daqiqada pishadi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|