13:45 5 iyuldan avtomobillar harakati yana cheklanadi | |
O‘zbekistonda karantin choralarining kuchaytirilishi ortidan “qizil” va “sariq” hududlarda avtotransport vositalari harakatlanishiga nisbatan yana cheklovlar o‘rnatilmoqda. O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qaroriga ko‘ra: “sariq” hududlarda soat 06:00 dan – 22:00 ga qadar; “qizil” hududlarda soat 07:00 dan – 10:00 gacha va 17:00 dan – 20:00 gacha avtotransport vositalarida harakatlanishga ruxsat beriladi. Cheklovlar joriy yilning 1iyul kuni soat 00:01 dan boshlab kuchga kiradi. Eslatib o'tamiz, 30 martdan 20 aprelga qadar Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtomobillarda harakatlanish uchun Davlat xizmatlari markazlaridan maxsus stiker olish kerakligi belgilandi
Manba: "qalampir.uz"
| |
|