Главная » 2017»Сентябрь»4 » 5 sentabr kunining ob-havo ma’lumotlari bilan tanishing
19:49
5 sentabr kunining ob-havo ma’lumotlari bilan tanishing
5 sentabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim hududlarda harorat 40 darajagacha ko‘tariladi.
Ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi. Harorat kunduzi 32–34 daraja issiq, kechasi 18–20 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat kunduzi 30–35 daraja issiq, kechasi 17–22 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat kunduzi +35...+40 daraja, kechasi +17...+22 daraja.
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysida havo biroz bulutli bo‘ladi. Havo harorati kunduzi 32–37 daraja issiq, kechasi 15–20 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida ham havo biroz bulutli bo‘ladi. Harorat kunduzi 34–39 daraja issiq, kechasi 17–22 daraja iliq bo‘ladi.