21:37 6 oy ichida sotilmagan “chiroyli” raqamlar arzon narxda auksionga qo‘yiladi | |
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berishda “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adli vazirligi ma’lum qildi. Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, “chiroyli” raqamlar auksionga qo‘yilgan kundan boshlab 6 oy mobaynida sotilmagan taqdirda: • 1 va 2-toifadagi raqamlar mos ravishda 2 va 3-toifalarga doir boshlang‘ich narxlarda auksionga qo‘yiladi (harflari bir xil kombinatsiyada bo‘lgan raqamlardan tashqari); • 4-6-toifadagi raqamlar auksiondan olinib, auksionga qo‘yilgan boshlang‘ich narxda umumiy tartibda realizatsiya qilinadi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan “chiroyli” raqamlarning 1-3-toifalari istalgan harf kombinatsiyalari bilan auksionga qo‘yilishi mumkin. Bunda ushbu raqamlarning auksionga qo‘yiladigan boshlang‘ich narxlari quyidagicha belgilandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|