Главная » 2019 » Январь » 24 » Abort (bola oldrish)ning asoratlari
20:27

Abort (bola oldrish)ning asoratlari


Abort yoki bola oldirish, bu organizm faoliyatiga yetkaziladigan jiddiy jarohatdir. Bola oldirish ortidan ayolda ba'zida hayotga havf tug'diradigan asoratlar yuzaga chiqadi.

Quyida abort tufayli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan asoratlarni keltirib o'tamiz:

1. Bola oldirishdan so'ng ayolda hayz sikli (menstruatsiya) buziladi;

2. Bola oldirilgandan so'ng ba'zi ayollarda tug'ish faoliyati 3-6 oyda, ba'zilarda bir necha yildan so'ng tiklanadi.

3. Kam hollarda, odatda sifatsiz qilingan abort tufayli ayol umuman tug'a olmaydigan bo'ladi.

4. Deyarli har 5-chi ayolda, bola oldirishdan so'ng ginekologik kasalliklar rivojlanadi.

5. Abort ayolning endokrin tizimini ishdan chiqaradi.

6. Ba'zi ko'ngli bo'sh ayollarda, bola oldirishdan keyin psixologik muammolar yuzaga chiqadi.

7. Huddi jarrohlik operasiyasi singari, abortdan keyin ham organizmda jiddiy tibbiy fiziologik asorat rivojlanishi mumkin bo'ladi.

8. Bola oldirilgandan so'ng, bachadon bo'yni yo'llari yallig'lanishi va chandiqlanishi keskinlashadi.

9. Bolani oldirish ortidan qon ketish jiddiy xavf solishi mumkin bo'ladi.

10. Bachadon faoliyati buziladi.

11. Bolani qayta-qayta oldirish natijasida keyingi homiladorliklarda bachadondan tashqari homiladorlik rivojlanish havfi yuqori bo'ladi.

12. Abort tufayli organizmda infeksiya rivojlanishi xavfi keskin ortadi.

13. O'ta jiddiy asoratlarga keyingi homiladorliklarda bachadon yoki bachadon bo'yni yorilishi namoyon bo'ladi.

14. Qayta-qayta qilingan abortdan so'ng yuzaga kelgan homiladorlik muammolik kechadi va tug'ish jarayoni qiyinlashadi.

Ushbu asoratlar hamma ayolda ham rivojlanmasligi mumkin, lekin baribir hech bir tabiatga qarshi faoliyat, organizmda beziyon kechmaydi.

Bolani oldirish - abort qilishni o'rniga kutilmagan homiladorlikdan saqlanish yo'llaridan foydalaning. Abort qilish mumkin emas ekan deb, har yili tug'ish yoki organizm tiklanmay homilador bo'lish, yoki tibbiy ko'rsatkichlarga qarshi borish to'g'ri emas. Bunday hollarda homilador bo'lib, undan keyin bolani oldirish yo'llarini izlamay, keraksiz homiladorlikdan saqlanish usullarini to'gri qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi.


Manba: "uzbaby.uz"
Категория: Er-Xotin, Turmush psixologiyasi | | Теги: Abort | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz