10:33 Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi | |
Bugun, 27 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:33 da (Grinvich bo‘yicha 04:33 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik kuzatuvi Respublika markazi xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, zilzila 36,6 gradus shimoliy kenglik va 69,86 gradus sharqiy uzunlikda joylashgan. Yer silkinishining kuchi 5 magnituda, deb baholangan. Tabiiy ofatning o‘chog‘i 100 km chuqurlikda joylashgan. “Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 522 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha joylashgan”, deyiladi xabarda. Zilzila O‘zbekiston hududida: Farg‘ona: 453 km, 2 to‘p. Guliston: 443 km, 2 to‘p. Jizzax: 429 km, 2 to‘p. Samarqand: 424 km, 2 to‘p. Termiz: 240 km, 3 to‘p. Qarshi: 437 km, 2 to‘p.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|