Главная » 2020 » Апрель » 16 » Afsus! Hamshira koronavirusga chalinib, vafot etdi — u bemorlarga niqobsiz qaragan
17:56

Afsus! Hamshira koronavirusga chalinib, vafot etdi — u bemorlarga niqobsiz qaragan


AQShning Florida shtatida hamshira koronavirus bilan kasallangan bemor yotgan shifoxonada niqobsiz ishlashga majbur bo‘ldi. WTCJ ma’lumotlariga ko‘ra, tibbiy xodim koronavirus yuqtirgan va natijada vafot etgan.

Palmettodagi umumiy shifoxonaning reanimasiya bo‘limida hamshira bo‘lib ishlagan 33 yoshli Daniel DiKenso bemorlarga himoya vositasisiz qaray boshlagan. Natijada ikki hafta o‘tgach, COVID-19 alomatlari sezila boshlagan.

Amerikalik ayol virus yuqtirganini bilishi bilanoq uyiga karantinga olingan. Ammo ahvoli tezda yomonlashgan va bir necha kundan keyin vafot etgan. Uning eri Devid DiKenso uydan ayolining jasadini topgan.

Devid kasalxona rahbariyatini xotinining o‘limida ayblamoqda. Uning ta’kidlashicha, xotiniga har doim kerakli himoya vositalari berilmagan, bu esa koronavirus infeksiyasini yuqtirishiga sabab bo‘lgan. Hamshira biror-bir surunkali kasallikdan aziyat chekmagan.

“Bir marta u ishga kelganida, unga hatto niqob ham berishmadi. Hamkasblarining yozishmalarini o‘qisangiz, ularda sifatli himoya vositalari yo‘qligiga amin bo‘lasiz”, dedi amerikalik.

Marhuma ishlagan shifoxona rahbariyati barcha xodimlar zarur shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanganligini da’vo qilmoqda.

Marhumaning jasadi uning koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganmi yoki yo‘qligini aniqlash uchun tibbiy ekspertlar tomonidan tekshiriladi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz