22:12 Afsus! Sog‘liqni saqlash vaziri ham koronavirusga chalindi | |
Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok ham koronavirusga chalindi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida xabar berdi. «Mening natijalarim ijobiy chiqdi. Yaxshiyamki, koronavirusning yomon belgilari yo‘q. Karantindaman va uyda ishlayapman», — deb yozdi vazir. U aholidan uydan chiqmaslikni va shifokorlarning maslahatlariga qat’iy amal qilishni so‘radi. Ma’lumot uchun, oldinroq mamlakat bosh vaziri Boris Jonson ham koronavirusga chalinganini ma’lum qilgandi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|