Главная » 2020 » Январь » 28 » Ahmadboyning “yiqqanlari” 11 700 nafar jabrlanuvchi foydasiga taqsimlanadi
21:21

Ahmadboyning “yiqqanlari” 11 700 nafar jabrlanuvchi foydasiga taqsimlanadi


Joriy yilning 28-yanvar kuni A.Tursunboyevga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha jabrlanganlar uchun mulkiy zararlarning undirilishi yuzasidan Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasida ommaviy axborot vositalari uchun brifing o‘tkazildi.

Ahmadboyning “yiqqanlari” 11 700 nafar jabrlanuvchi foydasiga taqsimlanadi

Avval xabar berilganidek, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2019-yil 20-may kunidagi hukmiga ko‘ra, A.Tursunbayev (Ahmadboy nomi bilan tanilgan) va boshqalarga oid jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov davrida xatlangan va olingan chet el va milliy valyutadagi pul mablag‘lari, bino-inshootlar, avtotransport vositalari va zargarlik buyumlarini sotuvga qo‘yish, sotuvdan tushgan pul mablag‘larini 11 700 nafar jabrlanuvchilar foydasiga jami 418 mlrd. 293 mln. 345 ming 854 so‘m yetkazilgan zararni qoplash uchun proporsional tarzda taqsimlash to‘g‘risidagi ijro hujjatlari Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi ish yurituviga kelib tushgan.
 
Tadbirda, Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan yuqoridagi ijro hujjatiga asosan jinoiy faoliyatdan orttirilgan daromadlarni legallashtirish natijasida olingan va ish bo‘yicha daliliy ashyo deb e’tirof etilgan edi.

Aytish joizki, A.Tursunboyevning jinoyat ishi bo‘yicha jami 26 mlrd. 
708 mln. 295,7 ming so‘m, 12 mln. 580 ming 622 AQSh dollari, zargarlik buyumlari hamda 29 dona qo‘chmas mulk ob’yektlari, 8 turdagi avtotransport vositalari va boshqa mol-mulklar pul mablag‘lari yetkazilgan zarar miqdorini qoplash uchun xatlangan edi.

Pullar jabrlanuvchilarga proporsional tarzda taqsimlanadi

Mazkur mol mulklar sud qaroriga asosan sotuvga qo‘yilib, sotuvdan tushgan pul mablag‘larini jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni qoplash uchun proporsional tarzda taqsimlash belgilangan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida dastlabki tergov davrida xatlangan mazkur mol-mulklarlarning bahosini hozirgi kundagi bozor qiymatiga mutanosibligi aniqlash maqsadida qayta baholash lozimligi yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudiga ariza bilan murojaat qilingan bo‘lib, mazkur sudning ajrimiga asosan mol-mulklarni qayta baholash belgilangan.

 Ijro harakatlari davomida qarzdorlarga tegishli ko‘chmas mulk ob’yektlari va avtotransport vositalari xatlanib, ro‘yxatga olingan bo‘lib, hozirda ushbu mol-mulklarni baholash va realizasiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

Ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotilgan

Ta’kidlash lozimki, ijro harakatlari natijasida, qarzdorning 
3 turdagi ko‘chmas mulk ob’yektlari va 1 ta avtotransport vositalari elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotilib, pul mablag‘lari Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi depozit hisob raqamiga kelib tushgan.

Bugungi kun holatiga, Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasiga 
4 mingdan ortiq jabrlanuvchilar, undirilgan pul mablag‘larini shaxsiy plastik karta hisob raqamlariga o‘tkazib berishni so‘rab murojaat qilgan.

Shu bilan birga, 920 nafar undiruvchilarning arizasiga ko‘ra, ularga bank tomonidan bepul plastik kartochkalar ochib berilgan bo‘lib, hozirda ushbu plastik kartalar egalariga tarqatilmoqda.

Mazkur ish yuzasidan elektron dastur ishlab chiqildi

Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan elektron dastur ishlab chiqilib 11 700 nafar undiruvchilar va ularga undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar haqida ma’lumot jolashtirildi.

Unda undiruvchining ismi familiyasi hamda undirilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari miqdori kiritilgan.  

Shu bilan birga, mazkur dastur kelgusida ijro harakatlari davomida undirilgan pul mablag‘larini “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi  Qonunning 80-moddasi talablari asosida barcha undiruvchilarga avtomatik tarzda mutanosib (proprosional) ravishda taqsimlanishi undiruvchilarga pul mablag‘larining  haqqoniy taqsimlanishi imkonini beradi.

Umumiy pul mablag‘lari hozirda 146 mlrd. so‘mni tashkil etadi

Alohida ta’kidlandiki, tergov davomida xatlangan hamda mol-mulk sotuvidan tushgan pul mablag‘lari hozirda 146 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

Brifingda, dastur orqali taqsimlangan pul mablag‘lari hozirda jabrlanuvchilarning plastik karta hisob raqamlariga o‘tkazish berish ishlari boshlangani va qisqa muddatda qolgan undiruvchilarga ham proporsional tarzda tushirib berilishi ma’lum qilindi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz