12:56 Ajoyib bo`rsildoq - ovsinlar, hamjihatlikda pishiring! | |
Zarur masalliqlar: xamiriga: 700 gr. un, 250 ml. sut, 200 gr. sariyog`, 1 osh qoshiq shakar, 6 gr. xamirturush, o`simlik yog`i, tuz; qiymasiga: 500 gr. yangi kartoshka, 200 gr. jigar, 1 bosh piyoz, tuz. Tayyorlanishi: 1. Yangi kartoshkani qaynatib, pishgach ezing. Jigarni qovurib oling-da, go`shtqiymalagichdan o`tkazing. 2. Piyozni maydalab to`g`rab, qizdirilgan o`simlik yog`ida qovuramiz. So`ngra jigarni qo`shib, 2-3 daqiqa qovuring. Endi kartoshka pyureni solib, aralashtiramiz va olovdan olamiz. 3. Sariyog`ni eritib, sutni qo`shib, aralashtiring. So`ngra shakar va xamirturushni solib, 10 daqiqa qoldiring. 4. Endi un solib, aralashtiring. Toki yumshoqqina xamir hosil bo`lsin. So`ngra idishdan olib, katta zuvala yasang-da, 6 bo`lakka bo`ling. 5. Har bir zuvalani 3 mm. qalinlikda yoyib, bir tomoniga qiymadan solasiz-da, rulet shaklida o`raysiz. Keyin har birini 4-5 bo`lakka bo`lasiz. Pishiriqlarning ikkala tomonini ham birlashtirib, pishiriq qog`ozi solingan gaz patnisiga tering. Yuziga sut surtgach, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30 daqiqaga qo`ying. 5 kishilik 1 soatu 20 daqiqa
Manba: "darakchi.uz"
| |
|