Главная » 2017 » Январь » 10 » Ajrashgan oilalar TVda e’lon qilinadimi?
13:00

Ajrashgan oilalar TVda e’lon qilinadimi?


Avvalroq, Toshkent shahar hokimiyati tomonidan oilaviy ajrimlarning oldini olishga qaratilgan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazilgani, 2016 yilning 21 dekabrida Toshkent shahar hokimligi, shahar prokuraturasi, Jinoyat ishlari hamda Fuqarolik ishlari bo‘yicha shahar sudlari,  Adliya boshqarmasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Mehnat bosh boshqarmasi, Sud departamentining shahar hududiy boshqarmasi, “Toshkent pochtampt” filiali bilan hamkorlikda  “Toshkent shahrida ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari bo‘yicha davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1137-sonli qo‘shma qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.
 
Oilaviy ajrimlar masalasida bundan avval o‘tkazilgan yig‘ilishlardan birida Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov Toshkent shahrida ajrashgan har bir oila haqidagi ma’lumotlar – oila vakillarining ism-familiyasi bundan buyon “Toshkent” telekanali va “Toshkent oqshomi” gezetasida berib borilishi haqida ma’lum qilgan edi.
 
Hokimning aytganlari tez orada butun respublika bo‘ylab tarqalib, ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘ldi. Yig‘ilishda Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Obidov hamda Toshkent shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi-Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Farida Abdurahimovaga aynan mazkur masala yuzasidan murojaat qildik.
 
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Mirzohid Obidovning ma’lum qilishicha, ajrashgan oilalar haqidagi ma’lumotlar bir necha bor “Toshkent oqshomi” gazetasi orqali e’lon qilingan. Biroq har bir shaxsning huquqlarini inobatga olgan holda ajrim bo‘lgan oilalar haqidagi ma’lumotlarning OAV orqali taqdim etilishiga nuqta qo‘yilgan.
 
“Albatta, ajrim bo‘lgan oilalarning ko‘pchiligida o‘ziga yarasha ob’ektiv sabablar bo‘ladi, biz buni tushunamiz. Ajrashgan oilalar haqida ma’lumotlar OAVda e’lon qilinishi bilan bog‘liq gap ajrimlarning oldini olish maqsadida qo‘llaniladigan navbatdagi chora sifatida aytilgan edi. Endilikda ajrimlar va aliment to‘lashdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq holatlar yuzasidan tumanlarda sayyor sud majlislari o‘tkaziladi va unda OAV vakillari ham ishtirok etadi. Bunda sud haqidagi materiallar OAVda berib boriladi”, deydi Toshkent shahar hokimiyati Matbuot xizmati rahbari Husan Ermatov.
 
Ma’lumot uchun, 2016 yilning 11 oyi davomida 3988 oila ajrashgan. 1012 ta oila sud zalida yarashtirilib, 1361 nafar farzand tirik yetimlikdan saqlab qolingan.

Qamariddin Shayxov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: TV, Ajrashgan oilalar | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz