Главная » 2020 » Август » 9 » Ajrashishi olamshumul voqeaga aylangan Gollivudning 5 ta yulduzli juftligi
21:31

Ajrashishi olamshumul voqeaga aylangan Gollivudning 5 ta yulduzli juftligi


Harper’s Bazaar ajrashishi muxlislari uchun kutilmagan hol bo‘lgan Gollivudning yulduzli juftliklari haqida maqola tayyorladi.

Anjelina Joli va Bred Pitt

Gollivuddagi eng go‘zal juftlikning ajrashishi barchani lol qoldirdi. Ular birgalikda 11 yil yashadi. Anjelinaning aytishicha, ajrimga “murosasiz kelishmovchilik” sabab bo‘lgan. Ajrashish jarayoni hozirgacha davom etib kelmoqda. Ular farzandlarini va to‘plangan mulklarni bo‘lishib olmoqchi.

Demi Mur va Eshton Kutcher

2011-yil yana bir ajoyib juftlik – Demi Mur va Eshton Kutcher ajrashdi. Ayriliqning sababi matbuotda tarqalib ketgan Eshtonning xiyonati bo‘lgan. Demi avval ham turmush o‘rtog‘ining “ish”iga ko‘z yumgan bo‘lsa-da, ammo bu safar ajrashishga qaror qildi.

Jonni Depp va Ember Xyord

Qisqa muddatli nikohdan so‘ng 2016-yil may oyida Ember Xyord Jonni Depp bilan ajrashish uchun ariza berdi. Ularning ajrimiga rasmiy sababni Gollivud “yengib bo‘lmas ziddiyat” deb qabul qildi. Xyord butun olamga uning turmush o‘rtog‘i kaltaklaganini e’lon qildi. Sud ajrimni boshladi va natijada Depp sobiq turmush o‘rtog‘iga 7 mln dollar to‘ladi. So‘ngra Depp Xyordni tuhmatda ayblab, ma’naviy zarar uchun 50 mln dollar pul talab qildi.

Tom Kruz va Keti Xolms

Tom Kruz va Keti Xolmsning 2006-yil bo‘lib o‘tgan ajoyib nikoh to‘yidan so‘ng ularning mashhurligi yanada oshgandi va bir-birini chindan ham qattiq sevishiga muxlislar ishongandi. Yillar o‘tib ularning Suri ismi qizi tug‘ildi va 2012-yilga kelib ular oilaviy munosabatiga nuqta qo‘yishga qaror qildi. Ko‘pchilik Keti Tomning ayrim qarashlari tufayli til topisha olmaganini gumon qildi, afsuski, ajrashish ikkisiga ham oson bo‘lmadi. Aktrisaning otasi Martin Xolms tajribali advokat bo‘lsa-da, nikoh shartnomasiga ko‘ra ishqiy munosabatlar 5 yil davomida sir saqlanishi kerakligiga rozi bo‘ldi, aks holda u boyligidan mahrum bo‘lardi.

Monika Beluchchi va Vensan Kassel

Italyan va fransuzning ajoyib “ittifoqi” 17 yil davom etdi. Ular “Xonadon” filmining suratga olish maydonchasida tanishgan. Dastlab Vensan qobiliyatli aktrisaga e’tibor bermadi. Nafrat bilan muhabbatning orasi bir qadam. 2004—2010-yillar mobaynida ularning Deva va Leoni ismli qizlari dunyoga keldi. Yevropa kinosining “eng go‘zal juftligi” deb tan olingan Monika va Vensanning 2013-yilda ajrashib ketishini hech kim kutmagandi. Beluchchining aytishiga qaraganda, ular doimo “do‘st” kabi yashagan va shuning uchun ham ajrashishga qaror qilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: aylangan, yulduzli juftligi, voqeaga, Ajrashishi, olamshumul, Gollivudning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz