Главная » 2017 » Июнь » 2 » Aktyor Jim Kerri sud oldida javob beradi
17:50

Aktyor Jim Kerri sud oldida javob beradi


“Niqob” va “Trumen tomoshasi” filmlari bilan mashhurlikka erishgan Jim Kerri qiz o‘rtog‘ining o‘limida ayblanib, sud oldida javob beradi, deb xabar qildi TJournal.

Asli irlandiyalik bo‘lgan 30 yoshli Ketriona Uayt Los-Anjelesda yashab vizajist bo‘lib ishlar edi. 2015-yilning sentabrida uning jasadi o‘z uyidan topilgandi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ayol faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha berilishi kerak bo‘lgan turli dori vositalaridan ko‘p miqdorda ichib yuborgani oqibatida halok bo‘lgan. Uaytning o‘limi rasmiy ravishda o‘z joniga qasd deya topilgandi.

Uaytning onasi Brijid Suitman hamda undan alohida yashaydigan eri Mark Byorton aktyor Jim Kerrini qizi o‘z joniga qasd qilishi uchun dori vositalarini olib berganlikda ayblamoqda. Los-Anjeles Oliy sudi Kerrining advokati Reymond Baucherni iltimosiga qaramasdan ishni yopmasligini ma’lum qildi.

Sudya Deyrdre Xill sud jarayonining boshlanishini 2018-yil 26-aprel kuniga belgiladi. Sud ishi taxminan 20 kun davom etadi. Advokat fikricha, sud jarayoni aktyor uchun juda og‘riqli bo‘ladi, chunki u Uaytni juda ham yaxshi ko‘rgan.

O‘tgan yili Byorton tomonidan aktyor nomiga berilgan orginal da’voda “Kerri noqonuniy ravishda ko‘rsatilgan dori vositalarini sotib olgan, bu Kaliforniya shtati qonunlariga zid” deya ta’kidlangan. Bundan tashqari aktyor “Uaytning bevaqt fojeali o‘limiga javobgarlikda va bunga o‘zining aloqasi borligini yashirish”ga harakat qilgani uchun ham ayblanmoqda. Kerrining o‘zi esa barcha ayblovlarni rad etdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: javob beradi, Oldida, aktyor, sud, Jim Kerri | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz