14:18 Al-Sudays: «Haj ibodati har qanday siyosiy manfaatlardan xoli» | |
Makka shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro Haj simpoziumida nutq so‘zlagan Al-Masjid al-Haram va Al-Masjid an-Nabavi ishlari boshqaruv kengashi rahbari Abdulrahmon al-Sudays «haj ibodati har qanday siyosiy manfaatlardan xoli» ekanini aytib, ibodat, avvalo, musulmonlarning birdamligi va Alloh rizoligi uchunligini aytib o‘tdi. «Bu yig‘ilishdan asosiy maqsad ham Haj mavsumida xavfsizlikni ta’minlash, ikki muqaddas masjidlar esa tinchlikning ramziy timsolidir», dedi u. Shuningdek, al-Sudays maxsus tinchlik mavzusida yozilgan global ensiklopediyani turli tillarga tarjima qilishni, universitetlar qoshida Islom-tinchlik tadqiqot markazlarini tashkil etishni taklif etdi. Haj va Umra ishlari vaziri Muhammad Solih Bintinning ma’lumotiga ko‘ra, Arofat kuniga qadar ibodat qilish maqsadida mamlakatga tashrif buyurganlar soni 2 millionga yetib qolishi mumkin.
Manba: "kun.uz"
| |
|