15:33 Alibaba asoschisi O‘zbekistonga insonparvarlik yordami yubormoqda | |
Xitoyning eng boy odamlaridan biri Alibaba Group kompaniyasi asoschisi Jek Ma Osiyoning yana 7 davlatiga koronavirus bilan kurashda yordam berishga qaror qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. Jek Ma fondi O‘zbekiston, Ozarbayjon, Butan, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Vetnamga asosiy tibbiy vositalarni yetkazib bermoqchi. Alibaba Group yetti davlatga jami 1,7 millionta tibbiy niqob, 165 ming tekshiruv testi, himoya kiyimi va tibbiy qurilma yuborishga qaror qilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|