17:09 Amerika grippi Xitoy koronavirusidan xavfliroqmi? | |
Bu epidemiyaning AQShni qamrab olganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmadi. Amerika kasalliklar nazoratini yuritadigan markaz ma’lumotlariga ko‘ra, shu yil grippning nisbatan kam uchraydigan V toifasi yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. U mavsumiy cho‘chqa grippi bilan qo‘shilib mamlakatni xavotirga solmoqda. Afsuski, mazkur virus okeanni kesib o‘tib, Yevropaga qadar yetib bordi. Fransiyada 2019-yilning noyabr oyidan 2020-yilning fevraligacha 26 ta o‘lim holati qayd etilgan. Rossiyada bu kasallik hali keng ildiz otmagan bo‘lsa ham mamlakatning bir qator maktablarida grippdan karantin tariqasida maktablar yopib qo‘yilgan. Shifokorlar mazkur kasallikka chalinmaslik uchun jamoat joylaridan qochishni, qo‘lni va og‘iz-burun sohasini tez-tez chayib yurishni tavsiya qilishmoqda. Kasallikka chalinganlar esa boshqalarga yuqtirmaslik uchun, albatta, niqob taqishlari kerak.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|