17:45 Amerikalik olimlar koronavirus haqidagi afsonani rad etdi | |
Stenford universiteti tibbiyot markazida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, AQSh olimlari SARS (ORVI) bilan kasallangan insonlar koronavirusni yuqtirmasligi haqidagi dalillarni rad etishdi. Bu haqda Gazeta.ru xabar bermoqda. Dastlabki tahlillarga ko‘ra, COVID-19 bilan kasallanganlarning har beshdan biri nafas olish yo‘llarining boshqa viruslarini (respiratorli kasalliklar) yuqtirgan. Shuningdek, tadqiqot davomida SARS (ORVI) alomatlarini ko‘rsatadigan va keyinchalik nafas olish virusi tashxisi qo‘yilgan 10 kishidan taxminan 1 nafari yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganligi aniqlandi. Hisobotda ta’kidlanishicha, agar odamlarda boshqa virusli nafas olish kasalligi (respiratorli) bo‘lsa, ular "COVID-19 yuqtirolmaydi" degan taxminni rad etadi.
Manba: "sof.uz"
| |
|