11:58 Amerikaliklar o‘z avtomobillaridan yolg‘iz qolish uchun foydalanmoqda | |
Yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi sabab amerikaliklar yolg‘iz qolish uchun avtomobillardan tez-tez foydalanishga o‘tgan, deb xabar beradi Motor. TrueCar tahliliy-axborot portali tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ishtirokchilarining qariyb to‘rtdan uch qismi (73 foiz) koronavirus pandemiyasi va u sababli joriy etilgan cheklovlar vaqtida o‘z avtomobillaridan nafaqat biror yumush borasida, balki birga yashayotgan insonlaridan qochish maqsadida ham foydalanayotganini tan olgan. 37 foiz AQSh aholisi esa karantin vaqtida telefonda bemalol suhbatlashish uchun mashinadan foydalanishini ma’lum qilgan. Amerikaliklarning 32 foizi esa pandemiya vaqtida uydagilar e’tiboridan qochish uchun mashinalarini ofisga aylantirib olganliklarini so‘zlab bergan. So‘rovnomada ishtirok etgan AQShning aksariyat aholisi uchun avtomobil shunchaki harakatlanish vositasidan ko‘ra ko‘proq narsa ekanligi ma’lum bo‘lgan: 68 foiz respondent mashinani o‘z oilasining davomi deb hisoblagan bo‘lsa, 35 foizi mashinasiga, albatta, biror ism qo‘yishlarini tan olgan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|