Главная » 2017 » Март » 30 » Amira Alibekova portalga shikoyat arizasi yozganidan so‘ng taxallusini qaytarib oldi
21:54

Amira Alibekova portalga shikoyat arizasi yozganidan so‘ng taxallusini qaytarib oldi


“Najotimsan”, “Omon-omon”, “Ikki sohillar”, “Qani qani”, “Umr o‘taveradi” kabi qo‘shiqlari bilan muxlislar qalbidan alohida o‘rin egallagan xonanda Amira Alibekova prodyuserlik kompaniyasi bilan shartnoma muddati tugagach, ijodda tanaffus qilgan edi. Prodyuserlik kompaniyasi tomonidan uning taxallusi ham olib qo‘yilgan edi. Endilikda Adelya Alibekova Amira taxallusini qaytarib oldi va “Uzoqdagi yaqinim” deb nomlangan yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi.

“Sayyod.com”ning yozishicha, xonandaga taxallusini qaytarib olish oson kechmagan.

“Taxallusga narx ham qo‘yildi va u o‘zgarishga ham ulgurdi, portalgayam yozildi”, deb yozadi “Sayyod”.

“Bu shunchaki menga kerak bo‘lgan taxallus. U menga prinsip uchun emas, adolat yuzasidan kerak. Bir yil avval ‘Amira’ taxallusi baribir meniki bo‘lishini aytgan edim. Siz esa ishonmagan edingiz. Bir yil ichida hayotimning pardasi ortida nimalar bo‘lgani haqida men hech narsa demadim. (Chunki tafsilotlar sizni xafa qiladi) Qanchalik oson bo‘lmaganini faqat men bilaman! Biroq, men prodyuserim bilan o‘rtamizda yuzaga kelgan vaziyat uchun minnatdorman. Aynan shu vaziyat mening ko‘zimni ochdi. Ayniqsa, ayrim hamkasblarim, ‘do‘stlarim’ va shunchaki tanishlarimga nisbatan. Hayotda ba’zan shunday qiyin damlar bo‘ladiki, sen hammasi tugadi, deb o‘ylaysan. Aslida esa, bu faqat yangi, mustaqil yo‘lning boshlanishi. Mening ijoddagi ismim Amira yoki Adelya ekanligining esa ahamiyati yo‘q! Ijodda asosiysi barcha eshitayotgan va his qilayotgan haqiqat”,—deb yozadi Amira Alibekova o‘zining Instagram`dagi sahifasida taxallusini qaytarib olishi bilan bog‘liq vaziyat haqida.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Amira Alibekova, portal | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz