Главная » 2017 » Август » 21 » Ammalardan oilaga ziyon yetsa, nima qilmoq kerak?
11:20

Ammalardan oilaga ziyon yetsa, nima qilmoq kerak?


«Amma keldi, hamma keldi!» ammalarimizning biz uchun ahamiyatini, hayotimizdagi o‘rnini yaqqol ifodalaydi bu maqol. Ammalar — yaqin qarindoshlarimiz, otamizning jigarlari, tomirlarimizda bir xil qon oqadi. Lekin ular onalarimizning qaynegachiyu qaynsingillari ham. Yangayu qaynsingillar munosabati esa hamisha ham ravon bo‘lavermagan. Nima qilmoq kerak? Bir yaqinimiz ikkinchi yaqinimizni ranjitsa, o‘z had-hududini bilmay, hatto, taqdirimizga ham daxl qilishga o‘tsa, qanday yo‘l tutmoq lozim? Tahririyatimizga kelib tushgan quyidagi uch murojaat misolida ammalarimiz bilan munosabatlarimizni taftish qilamiz.

 

«Ota-onamni ajratishmoqchi…»

— Yoshim o‘n beshda. Uch ammam bor. Ularni yaxshi ko‘rishim kerak, bilaman, ammo... Ammalarim oyim va kelinoyim (amakimning xotini)ni yomon ko‘rishadi. Har safar kelishganida onamning dilini og‘ritishadi. Uyimizda bo‘lgan qaysidir tadbirda mehmonlarning oldida kelinoyimni uydan haydab yuborishgan. Buvim ham ular tomon. Bu ham yetmagandek, dadamga onamni rosa yomonlashadi, ular ketishgandan keyin esa dadam o‘zgarib qoladi. Ammalarim o‘zlarini meni yaxshi ko‘radigandek ko‘rsatishadi-yu, aslida qarindoshlarimizga meni yomonlashayotganini o‘z quloqlarim bilan eshitganman. Ularendi ota-onamni ajratish payiga tushishgan. Qo‘limdan hech narsa kemayotganidan siqilib ketayapman, boshqa kattalardan yordam so‘rasam, sen aralashma, deyishayapti. Oilamiz parokanda bo‘lishini istamayman.

Iroda, Toshkent shahri

 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Ammalardan, oilaga ziyon, nima qilmoq kerak?, yetsa | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz