22:13 Ana xolos! AQShlik erkakning yuragida sement bo‘lagi topildi | |
AQShning 56 yoshli fuqarosining yuragidan begona jism topildi, u o‘n santimetrlik sement bo‘lib chiqdi. Bu haqda The New England Journal of Medicine jurnalidagi maqolaga iqtibos keltirgan holda Live Science sayti xabar berdi. Kifoplastika xavfsiz deb hisoblanadi: Amerika neyroxirurglar assosiasiyasiga ko‘ra, odamlarning 2% dan kamrog‘i operasiyadan keyin asoratlarni boshdan kechirishadi. Shu bilan birga, sement suyak to‘qimasidan boshqa joylarga oqishi va qon tomirlarining tiqilib qolishi xavfi minimal. Maqola mualliflarining fikricha, aynan mana shu odam bilan sodir bo‘lgan - sement umurtqadan venaga singib ketgan, u qattiqlashgan va keyin yurakka kirib ketgan. Ta’kidlanishicha, begona jism muvaffaqiyatli olib tashlangan va bir oydan so‘ng bemor deyarli to‘liq tiklangan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|