11:07 Ana xolos! Koronavirusga qarshi kurashning yangicha va o‘zgacha usuli topildi | |
Peru prezidenti Martin Viskarra mamlakatda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun joriy qilingan yangi cheklovlarni e’lon qildi. U bu haqda 2 aprel kuni RPP radiostansiyalari tomonidan uzatilgan matbuot anjumanida ochiqladi. "Dushanba, chorshanba va juma kunlari faqat erkaklar, seshanba, payshanba va shanba kunlari esa faqat ayollargina ko‘chaga chiqishlari mumkin. Ushbu cheklovlar 12 aprelga qadar amal qiladi. Yakshanba kuni uyni tark etish hammaga birdek taqiqlanadi", dedi davlat rahbari. Qayd etilishicha, ushbu cheklov uydan chiqishga majbur bo‘lgan peruliklarga ta’sir qiladi. Favqulodda vaziyatda ishini davom ettirayotgan korxona va muassasalar xodimlariga esa buning aloqasi yo‘q. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Peruda 1,4 mingdan ortiq odamda koronavirus qayd etilgan, 47 bemor vafot etgan. Mart oyi o‘rtalarida mamlakatda chegaralar yopilishini ta’minlaydigan favqulodda holat, keyinchalik komendantlik soati joriy etildi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|