21:41 Ana xolos! Moskvada erining xurragi sababli ayol jonlantirish bo‘limiga tushdi | |
Moskvada erining xurrak otishi sababli braziliyalik turist jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi. Oila boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, ular restoranda birga alkogol ichimliklarni ichishgan. Mehmonxonaga qaytishgach, ayol erining xurrak otishini eshitmaslik uchun uyqu dorisini ichgan. Shundan so‘ng ayolning mazasi qochib u shifoxonaga olib ketildi. Shifokorlar ayolda doridan o‘tkir zaxarlanish tashxisini qo‘ydi. Erkak ta’kidlashicha, rafiqasi erining xurrak ovozi xalaqit bermasligi uchun ko‘p miqdorda uyqu dorisini ichib oldi, tabletkalar doim yonida bo‘lgan ekan. Polisiya ushbu holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda.
Manba: "aniq.uz"
| |
|