21:19 Antarktidada favqulodda yuqori harorat qayd etildi | |
Antarktidada bu hudud uchun juda yuqori bo‘lgan anomal harorat qayd etildi. Bu haqda RIA Novosti axborot nashri xabar berdi. Argentinaning Marambio meteorologik bazasi kapitani Maurisio Nikolas Laurisining aytishicha, 6 yanvar kuni Esperansa ilmiy-tadqiqot stansiyasida harorat +18,3°C gacha ko‘tarildi. Ta’kidlanishicha, bu 1961 yildan keyingi tarixiy rekorddir. Laurisining so‘zlariga ko‘ra, bunday ob-havo yana bir hafta saqlanib qoladi. Argentinaga qarashli boshqa bir Marambio stansiyasida esa 14,1°C harorat qayd etildi. Janubiy yarimsharning eng janubida joylashgan Antarktida materigi 14 million kvadrat kilometr maydonga ega bo‘lib, deyarli butun hududi qor va muz bilan qoplangan. Bu yerda o‘rtacha yillik harorat −10°C dan −60°C gachani tashkil etadi. Jahon Meteorologiya Tashkilotining (JMT) ma’lumotlariga ko‘ra, Antarktida materigining bir qismi bo‘lgan Antarktika yarimorolida harorat tezlik bilan ko‘tarilib boryapti. Bu yerda so‘nggi 50 yilda o‘rtacha havo harorati qariyb 3°C ga oshgan.
Manba: "sof.uz"
| |
|