15:04 Antonio Banderas kasalxonaga tushdi | |
Buyuk Britaniyada Antonio Banderas kasalxonaga tushdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. Nashrning ma’lum qilishicha, aktyor Surreydagi uyidan uzoqda bo‘lmagan kasalxonaga yotqizilgan. 56 yoshli Antonio Banderas sport mashg‘uloti paytida ko‘kragida kuchli og‘riqni his qilgan va “Tez yordam” chaqirgan. Aktyorga tekshiruvlardan keyin uyga ruxsat berilgan. Nashr bilan bo‘lgan suhbatda aktyor haqiqatan ham mazasi bo‘lmaganligini tasdiqlagan, unga tibbiy yordam ko‘rsatgan shifokorlarga minnatdorchilik bildirgan. Antonio Banderas Buyuk Britaniyaga 2015 yilda ko‘chib kelgan. Ayni paytda Kobxem shahrida istiqomat qiladi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|