20:50 Apple Xitoydagi barcha do‘konlarini vaqtincha yopdi | |
Apple koronavirus tarqalishi sababli Xitoy hududidagi barcha ofis, do‘kon va servis markazlarini 9 fevralgacha yopdi.Bu haqda korporatsiya bayonotida e'lon qilindi. Qayd etilishicha, kompaniyaning Hongkong, Makao va Tayvandagi bo‘limlari ishlashda davom etadi. Kompaniya koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib borish va do‘konlarini imkon boricha tezroq ochishga va'da berdi. Apple aksariyat mahsulotlarini Xitoyda ishlab chiqaradi va bu mamlakatni asosiy bozor deb hisoblaydi. Avvalroq Google XXRdagi barcha ofislarini vaqtincha yopishga qaror qilgandi. Starbucks Xitoydagi 2 mingdan ortiq qahvaxonalarini yopdi, Honda va Nissan esa Uxan shahridagi ishchilarini evakuatsiya qildi.
Manba: "kun.uz"
| |
|