Aqlli odamlar o‘ziga ziyon keltirmaydigan va hayotini o‘zi xohlaganiday quradigan kishilardir. Ular hissiyotlarini nazorat qiladi va ko‘p hollarda xotirjamlikni saqlaydi. Bunday qobilyatga egalik erkin hayotda yashash, donishmandona yo‘l tutish va katta xatolarga yo‘l qo‘ymaslik deganidir.
Xo‘sh, aqlli odamlarning o‘zini tutish modeli qanaqa?
1. Kayfiyatini kimdir buzishiga yo‘l qo‘ymaydi
Aniqrog‘i, begona odamlarning qiliqlariga e’tibor bermaydi. Bunday odamlar ko‘p bo‘lsa, axir. Kimningdir kayfiyati ertalabdan buzilgan bo‘ladi, kimnikidir butun umr yomon bo‘ladi hamda boshqalarniki ham yomon bo‘lishini istaydi.
Boshqalarning fikriga qaram bo‘lmaganingizda baxtli bo‘la olasiz. Biror muhim narsaga erishganingizda, kimgadir quvonchingiz yoqmasligini o‘ylash ahmoqlikdir. Boshqalar nima deb o‘ylashi umuman qiziqtirmasligi kerak. Subyektiv fikr hech qachon real vaziyatni boricha aks ettirmaydi.
2. Ularning xotirasi hamma narsani saqlaydi
Bu qasoskorlik degani emas. Gap boshqa yoqda: ularga yomonlik qilishsa, qasos olishmaydi, hammasi oddiy.
Ular odamning aybini kechiradi, ammo boshqa safar adashmaslik uchun esdan chiqarmaydi.
Shu tariqa, ular kelajagini muhofaza qiladi. Hamma odamlarga ham ikkinchi imkoniyat berib bo‘lmaydi.
3. Qaysi “botqoq”ni aylanib o‘tish kerakligini biladi
Aqlli odamlar har doim adolatga intiladi, ammo o‘zini himoya qilishni ham biladi.
Ziddiyatli vaziyatlarda ko‘pincha odamlar aqlini yo‘qotib qo‘yadi va hissiyotariga bo‘ysunadi.
Bunday paytlarda aqlni saqlab qoluvchilar yoqimsiz oqibatlarni bartaraf etadi.
4. Mukammallik – ular uchunmas
G‘alati tuyulishi mumki, ammo ideallik yo‘q. Buni tushunmaydigan odam ideallikka intiladi va unga erisholmagach, hafsalasi pir bo‘ladi. O‘ziga nisbatan bahosi tushadi, boshqa hech narsa qilgisi kelmaydi.
Aqlli odam boshqacha yo‘l tutadi: u g‘alabalaridan xotirjam xursand bo‘ladi – kattasiga ham, kichigiga ham. Muakammallika intilish noreal ekanini tushunadi va shunchaki kechagi kundan yaxshiroq bo‘lishga intiladi.
5. O‘tmish – o‘tmishda qolib ketgan
Bugungi kun bilan yashash lozim. Omadsizliklarni qayta-qayta eslayversangiz, hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartirishga kuchingiz qolmaydi.
Yutqazishni, xatolardan saboq chiqarishni, tajriba to‘plashni o‘rganish kerak. O‘tmish bilan yashasangiz, kelajagingiz bo‘lmaydi.
6. “Hammasi barbod bo‘ldi! Endi nima qilaman?”, deydigan vaziyatga olib kelmaydi
Har qanday vaziyatda asablarni asrash lozim. Har narsadan katta muammo yasasa, kuch qolmaydi.
Hech qayerga yo‘qolmaydigan muammo yuz bersa nima qilish kerak? Hal qilish kerak – xotirjamlik va aql bilan.
7. “Jabrdiydalar”ni chetlab o‘tadi
“Jabrdiydalar” muammolarini sevuvchi, boshqalardan hamdardlik kutib yashovchi kishilardir. Bunday kayfiyat yuqumli va hayotni buzishga qodir.
Bunday noliydigan kishilardan uzoqlashish imkoni bo‘lmasa, ulardan so‘rang – o‘z muammolarini hal qilishga harakat qilyaptimi?
Ba’zilari bunday savoldan karaxt bo‘lib qoladi, ba’zilari esa o‘ylanib qoladi (bunaqalari kam).
8. G‘azabni saqlab yurish – ularga xos emas
Odam g‘azablanganida stressli vaziyatga taslim bo‘ladi. Aqlli odam bunga yo‘l bermaydi.
Stress hayotni zaharlaydi, birinchi navbatda psixik salomatlikning yomonlashuviga olib keladi.
9. Ular o‘ziga dushman emas
Shuning uchun ularni o‘ziga ziyon qiladigan ishga, xohlamaga narsasiga unday olmaysiz. Boshqacha aytganda – ular “yo‘q” so‘zini ayta oladigan kishilardir.