08:40 AQShda koronavirus sabab favqulodda holat e'lon qilindi | |
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirus sabab favqulodda holat e'lon qildi. Bu haqda maxsus tashkillashtirilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi. Tramp favqulodda holat e'lon qilinishiga oldinroq yozgan tvitterdagi postida ishora qilgandi: «Bugun 15:00da Oq uyda matbuot anjumani o‘tkaziladi. Mavzu: koronavirus!», deb yozgandi Tramp o‘z mikroblogida. 12 mart kuni Tramp koronavirusga qarshi kurash maqsadida 30 kunga Yevropa mamlakatlaridan AQShga kirishni taqiqlash haqida qaror qabul qilgandi. Oldinroq AQShning Vashington, Nyu-York va Kaliforniya shtatlarida favqulodda holat e'lon qilingan edi.
Manba: "kun.uz"
| |
|