23:19 AQShda koronavirusga chalinganlarni davolashda sog‘ayib ketganlarning qon plazmasi qo‘llanadi | |
Nyu-Yorkdagi qon donorligi markazi koronavirusdan sog‘ayib ketganlardan qon plazmasini (qonning suyuq qismi) qabul qilishni boshlamoqda. Bu plazmada qoronavirusga qarshi antitanalar mavjud bo‘lib, u boshqa bemorlarni davolashda qo‘llanishi rejalashtirilmoqda.Bemorlarga quyiladigan qon plazmasidagi antitanalar ular organizmining virusdan tozalanishini tezlashtirishi kerak. Sog‘liqni saqlash sohasidagi mutasaddi shaxslar davolashning bu usulini ma'qullashgan. Shu bilan birga, olimlar koronavirus nima uchun ko‘proq erkaklar uchun xavfliroq ekanini aniqlashga harakat qilishmoqda. Ehtimol bunda gap erkak va ayollardagi gormonlarning immun javobga o‘ziga xos ta'sir qilishida bo‘lishi mumkin. Immun hujayralari estrogen va testosteronga javob beradi. Ayollar va erkaklarda bu gormonlar turli miqdorda bo‘lgani sababli immun javobi ham farqlanishi mumkin. Ma'lumki, ayollar hujayralari ba'zi viruslarga qarshi ko‘proq interferonlar – viruslarga qarshi oqsillar ishlab chiqaradi. Shuningdek, interferonlar faolligi estrogenlar bilan bog‘liqligi haqida ma'lumotlar mavjud. Bundan tashqari, erkaklar ayollarga nisbatan ko‘proq nosog‘lom turmush tarzi kechiradi va kasallikning kechishini og‘irlashtiruvchi surunkali kasalliklarga ega bo‘ladi. Xuddi shunday davolash usuli Xitoyda koronavirus epidemiyasi vaqtida qo‘llangan.
Manba: "kun.uz"
| |
|