09:49 AQSHda Moderna vaksinasini bolalarda sinovdan o‘tkazish boshlandi | |
Amerikaning Moderna kompaniyasi tomonidan koronavirusga qarshi mRNA-1273 vaksinasi AQSHning olti shtatida uch ming bolada sinovdan o‘tkaziladi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, tadqiqotda Aydaxo, Minnesota, Nyu-York, Oklaxoma, Texas va Yuta shtatlaridan kelgan 12-18 yoshdagi ko‘ngillilar ishtirok etadi. Shu bilan birga, kompaniya AQSHning oziq-ovqat va farmatsevtika idorasiga o‘z vaksinasidan foydalanishni tasdiqlash uchun ariza topshirgan. Avvalroq Moderna COVID-vaksinasi samaradorligi 94,1 foizni, koronavirusning og‘ir shakli bilan esa 100 foizni tashkil etgan edi. Preparatni sinovdan o‘tkazish paytida platsebo guruhiga kirgan bir kishi vafot etgandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|