13:49 AQSHda oltin qolmadi | |
AQSHda deyarli barcha oltin sotib bo‘lindi. Bu haqda bugun, 28 mart kuni "The Wall Street Journal" nashri xabar berdi. Amerikalik sarmoyadorlar va bankirlar oltin yombilar va tangalar yetishmovchiligiga duch keldi. Aytishlaricha, birjalarda ushbu mahsulot taqchilligi kuzatilmoqda. Uoll-strit bankirlari ham yordam so‘rab Kanadaning Qirollik zarbxonalariga murojaat qilgan. Zarbxona vakillarining aytishicha, ularda AQSHga jo‘natish uchun oltin quymalarini ishlab chiqarish so‘rovlari keskin ko‘payib ketgan. Ma’lum qilinishicha, AQSHda oltin narxi deyarli 9 foizga ko‘tarilib ketgan. Hozirda narxlar bir troy unsi uchun 1,6 ming dollarni tashkil etyapti. Bu oxirgi yetti yillikning eng yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|