10:44 AQShdagi fojia: qurbonlar oshdi, 150 kishining taqdiri noma’lum | |
AQShning Florida shtatida turar-joy binosi qulashi qurbonlari soni o‘n bir kishiga oshdi, yana 150 kishining taqdiri noma’lum bo‘lib qolmoqda, deb xabar beradi "Rossiya 24" telekanali. Ayni paytda qutqaruvchilar vayronalarni tozalashda davom etmoqdalar. Ularning ishi og‘ir ob-havo sharoiti, shu jumladan kuchli yomg‘ir tufayli murakkablashadi. Bu orada shtat okrugdagi boshqa turar-joy binolarining holatini tekshirishni boshladi. Yakshanba kuni sodir bo‘lgan fojia butun Florida shtatida qurilish qoidalarining o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Manba: "aniq.uz"
| |
|