Главная » 2020 » Январь » 2 » Aritmiya: alomatlar, sabablar va davolash usullari
16:59

Aritmiya: alomatlar, sabablar va davolash usullari


Aritmiya – asosan yurak ishlashida uzilishlar keltirib chiqaradigan kasalliklarning katta guruhi bo‘lib, yurakning juda tez urishi urishi, yuqori puls, tartibsiz ritmlar yuzaga kelishidan iborat. Ushbu barcha uzilishlar yurak kameralari ishlashiga ta'sir qiladi. Odatda, yurak faoliyatida hammasi joyida bo‘lsa, kameralar doimiy tartibdagi kabi qisqaradi. Ammo aritmiya boshlanishi bilan yurak kameralari qon o‘z vaqtida yetib kelmagani sababli tartibsiz ravishda siqila boshlaydi. Bu insonning umumiy his qilishiga o‘z ta'sirini ko`rsatdi

Aritmiya belgilari
Aritmiya boshlanishi bilan odam isitma yoki sovqotishni his qilishi mumkin, shuningdek, bosh aylanishi, to‘satdan ongni yo‘qotish, yurakdagi og‘riq yoki sanchiqlar, bosh og‘rig‘i, holsizlik, yurak urishi sekinlashgani yoxud aksincha, qattiq urganini sezish, umumiy lohaslik, nevrologik buzilishlar kuzatiladi. 

Aritmiya mustaqil tashxis bo‘lishi mumkin, ammo uning taxikardiya va bradikardiya kabi pastki turlari ko‘proq uchraydi. 

Katta yoshli sog‘lom kishilarda bir daqiqada normal yurak tezligi 60-80 marta urish hisoblanadi. Yurak urishi ko‘payishi yoki sekinlashishi yurak yetishmovchiligi belgisidir. 

  • Taxikardiya – yurak ritmi buzilishi, unda daqiqada 90 martadan ko‘proq yurak urishi kuzatiladi. 
  • Bradikardiya – yurakning daqiqasiga 60 martadan kam urishi kasalligi. Ushbu ma'lumotlar katta yoshlilar uchun standart me'yor hisoblanadi, bolalar uchun ularning yoshi bo‘yicha maxsus darajalash mavjud. 

Agar sizda taxikardiya belgilari bo‘lsa, shifokor qabuli va tekshiruvlardan oldin hech bo‘lmaganda tinchlanib olish juda muhimdir. Bunga yalpiz, limono‘t,  do‘lana yoki valeriana qo‘shilgan o‘simlik damlamasi yordam berishi mumkin. 

Agar bradikardiya belgilari kuzatilsa,  aksincha, sizning holatingizni qo‘zg‘atish kerak. Buning uchun achchiq choy yoki qora qahva (agar taqiqlangan bo‘lmasa) ichish kerak.

Qo‘shimcha qilish kerakki, bradikardiyani davolashda qo‘llanadigan barcha dori vositalari tarkibida qo‘zg‘aluvchanlikni oshiradigan kofeindan foydalaniladi. 
Bemorlar orasida yurakning tartibsiz ritmi bilan namoyon bo‘luvchi klassik aritmiya turi ham kuzatiladi. Ba'zida ritm kuchayadi, so‘ngra keskin tushadi, keyin esa bir necha soniyaga yurakning butunlay «to‘xtashi»ni his qilish mumkin. Bunday holatlarda siz tinchlanishingiz kerak (tinchlantiruvchi choy iching) va agar bu yordam bermasa, shoshilinch ravishda maxsus dori-darmonlar qabul qilish uchun shifokor bilan maslahatlashing. 

Aritmiya tashxisi
Aritmiya juda ko‘p xastaliklar alomati bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, bemorlarning (nafaqat yuragi og‘ruvchilar) 20 foizdan ortig‘i aritmiyadan aziyat chekadi. Ushbu nosozlik endokrin tizimida buzilish, nefrit (buyrak yallig‘lanishi), yurak nuqsonlari, o‘smalar, o‘tkir respirator virusli infeksiyalar, gripp, tonzillit (tomoq bodomsimon bezlarining yallig‘lanishi), virusli infeksiyalar, surunkali piyelonefrit, kamqonlik va boshqa kasalliklar belgisi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, agar bemor aritmiya alomatlarini sezsa, birinchi navbatda elektrokardiogramma qilish kerak. Shundan keyingina kasallikning asl sababini qidirish mumkin. 

Bolalarda bu biroz farq qiladi: birinchi navbatda yurak yetishmasligi xastaligiga tekshiriladi. Agar nuqson aniqlanmasa, aritmiya alomatlari yolg‘on bo‘lishi mumkin, chunki 14-16 yoshgacha bolalarda vegetativ tizim hali yetilmagan bo‘ladi. Ushbu aritmiya sinus yoki nafas olish aritmiyasi deb ham ataladi. 

Aritmiyada ovqatlanish qoidalari
Aritmiyani davolashda muvozanatli ovqatlanish va nafas olishga alohida e'tibor qaratilgan maxsus jismoniy mashqlar muhim ahamiyatga ega. Aritmiyaning asosiy sabablaridan biri elektrolitlar muvozanatining buzilishi hisoblanadi (kalsiy, magniy va kaliy). Shu sababli O‘rta Yer dengizi parhezi eng yaxshi yechim hisoblanadi. Uning tarkibiga baliqdan olinadigan katta miqdordagi oqsil, yil davomida ko‘plab meva va sabzavotlar iste'mol qilish, yog‘ kislotalari va ko‘katlar kiradi. Jismoniy faollik ritmik bo‘lishi kerak. Fizioterapiya mashqlari faqat shifokor tomonidan belgilanadi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz