20:05 Armanlar qo‘ygan minalardan tinch aholi portlamoqda | |
Ozarbayjon Bosh prokuraturasi xabar berishicha, 28 noyabr kuni soat 15:20 da Ozarbayjon fuqarolari Hojiyev Shakir Maxarram o‘g‘li, Hajiyev Firudin Maharram o‘g‘li, Husaynov Zulfugar Adishirin o‘g‘li va Adilzoda Zibeyda Shakir qizi “Toyota” avtomobilida ketayotgan paytda tankga qarshi minaning portlashi natijasida vafot etgan. Ular Fuzuli tumanining ishg‘oldan ozod qilingan Ashagi Seyidahmedli qishlog‘i hududida bo‘lganlar. Prokuratura zudlik bilan voqea joyini va marhumlarning jasadlarini ko‘zdan kechirib, sud-tibbiy ekspertizasini tayinlagan va boshqa prosessual harakatlarni amalga oshirgan. Fakt bo‘yicha, nazorat organi agressiv urushni rejalashtirish, tayyorlash yoki olib borish, qurolli to‘qnashuv paytida xalqaro gumanitar huquqni buzish va boshqa Jinoyat moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Hozirda prokuratura tomonidan zarur tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "aniq.uz"
| |
|