09:05 Asalari yelimi gripp va shamollashda yordam beradi | |
Asalari yelimi (propolis) qator kasalliklarni davolash xususiyatiga ega. Viruslarni, zamburug‘larni, bakteriyalarni yo‘qotadi. Juda kuchli antibiotik. Foydalanishdan oldin esa, unga nisbatan allergiyangiz bormi, yo‘qmi, albatta aniqlab olish shart.
Gripp epidemiyasi boshlanganda profilaktika uchun asalari yelimidan tayyorlangan kremdan foydalanish tavsiya etiladi. Uni burun teshiklari ichiga surish kerak bo‘ladi. Burun bitishi, tumov boshlanishida ham shu usulni qo‘llasa bo‘ladi. Mikroblar burundan tomoqqa o‘tgach, kasallik rivojlana boshlashini bilasiz.
Kasallik boshlangani hamono organizmning immun tizimini kuchaytirish shart. Bunda yelimli asalning damlamasi juda foydali. Agar ilgari bunday damlama qo‘llab ko‘rilmagan bo‘linsa, unda bir necha tomchidan boshlagan afzal. Ko‘p suv ichish lozim. Shunda tanadagi hamma zahar yuvilib chiqadi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|