11:56 Asalhoney: Qilgan ishlarimdan pushaymonman, xalqimizdan uzr so‘rayman | |
Asalhoney nomi bilan tanilgan Asal Xo‘jayeva Toshkent shahar IIB Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limida profilaktik suhbatdan o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi. Asalhoney 2-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani ma’muriy sudi qarori bilan javobgarlikka tortilgani haqida xabar berilgan edi. Sud Asal Xo‘jayevani Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (haqorat qilish) hamda 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybdor deb topib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari (4 460 000 so‘m) miqdorida jarima, shuningdek, uzil-kesil 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan edi. Keyinroq Toshkent shahar Ma’muriy sudi Kassatsiya instansiyasi qarori bilan unga nisbatan tayinlangan jazo voyaga yetmagan farzandi borligi sabab, qamoq jazosi jarimaga o'zgartirilgan edi. Shunday keyin ham Asalhoney ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga turli behayo videolarni joylashtirishni davom etgan. Profilaktik suhbat davomida u bu kabi videolarni nima sababdan tarqatganiga izoh bergan:
Ta’kidlanishicha, endilikda Xotin-qizlar bo‘limi tomonidan Asalhoney bilan doimiy ravishda profilaktik suhbatlar olib boriladi. Asalhoney rasmiy ravishda ogohlantirilgan va bundan keyin shu kabi xatti-harakatlarni amalga oshirsa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortilishi aytilgan. Profilaktik suhbatdan chiqqan Asalhoney O‘zbekiston xalqiga videomurojaat yo‘llab, barchadan uzr so‘ragan. “Assalomu alaykum, O‘zbekiston xalqi, akalarim-singillarim chiqib ketgan behayo rasmlarim, videolarim uchun sizlardan uzr so‘rayman. Bundan buyon endi men hayotimni onamga, farzandimning tarbiyasiga bag‘ishladim. Qilgan ishlarimdan afsusdaman. Boshga menga yozmanglar, iltimos, meni bezovta qilmanglar. Men to‘g‘ri yo‘lga kirganman. Ayniqsa, bugun IIBda Xotin-qizlar bilan ishlash bilan bo‘limi xodimi Maqsuda opa men bilan profilaktik suhbat o‘tkazdi. Men qilgan ishlarim noto‘g‘ri ekanligini tushunib yetdim, iltimos, meni tinch qo‘yinglar, bezovata qilavermanglar. Meni kechiringlar”, — deydi Asal Xo‘jayeva.
Manba: "daryo.uz"
| |
|