21:06 Atambayevning mashinasiga o‘q uzishdi | |
Bishkekdagi Ala-Too maydonida otishma sodir bo‘ldi. O‘q ovozini eshitgan olomon 4 tomonga qarab qochdi. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan, deb yozmoqda "sputniknews-uz.com". Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, aniqlanmagan shaxslar Atambayevning mashinasiga o‘q uzgan. Keyinroq u yerda 2 ta jangovar patron gilzasi topilgan. Ushbu voqeadan biroz oldin Ala-Too maydonida 2 ta turli muxolitfat guruhlari orasida to‘qnashuv bo‘lgan. Bir tomondan Almazbek Atambayev, Omurbek Babanov va uyushgan jinoyatchilikka qarshi bo‘lganlar ikkinchi tomondan Sadir Japarov tarafdorlari kelishgan. Muxolifatchilar bir-birlarini toshbo‘ron qilishgan edi. Keyinroq Japarov tarafdorlari Ala-Too maydonini egallashgan. So‘nggi damda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Ala-Too maydonida yana bir necha kishi jarohatlangan. Ulardan biri siyosatchilardan birining tan soqchisi ikkinchisi muxolifatchi Toktogaziyev.
Manba: "aniq.uz"
| |
|