Главная » 2019 » Декабрь » 27 » Atir hidini uzoq saqlashning 12 usuli
21:34

Atir hidini uzoq saqlashning 12 usuli


Tanaga sepilgan atir uzoq vaqt saqlanishini va xushbo‘y hid taratishini hamma istaydi. Biroq ba’zida bahosi ancha qimmat bo‘lgan atirning hidi ham uzoq vaqt saqlanmaydi. Nima uchun? Ayb xarid qilingan atirda emas, uning egasida! Atirdan noto‘g‘ri foydalanayotgan bo‘lishingiz mumkin.

1.  Atir tarovatining uzoq vaqt saqlanishini istasangiz, uni issiq xonada saqlamaslikka harakat qiling. Issiqlik, yorug‘lik va namlik flakondagi suyuqlik tarkibini buzadi.

 

2.  Atirni sepishdan avval teriga vazelin surtish tavsiya etiladi. Bu tarovat uzoq vaqt saqlanishiga yordam beradi.

 

3.  Atirni cho‘milib chiqqach, nam tanaga seping. Atir sepilgan tana qismiga bir necha daqiqa kiyim kiymay turing. Bu atirning teriga singishi uchun yordam beradi.

 

4.  Ayrimlar atirni qo‘l bilagiga sepib, so‘ng ularni bir-biriga ishqalaydi. Bu holat atir tarovatining sezilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Erkaklar, atirni to‘g‘ri ishlatyapsizmi?

 5.  Atir sepish nuqtalari qayerda joylashganini bilasizmi? Qon-tomirlar teriga yaqin joylashgan sohalarning (bilak, bo‘yin, bilak chuqurchasi, tizza osti, to‘piq kabi) bariga sepilgan ifor kun davomida yaxshi saqlanadi. 

 

6.  Atirning nozik hid taratishini istasangiz, uni havoga seping va tomchilar ostida turing.

 

7.  Ayrimlar sochiga ham atir sepadi. Uning tarkibida spirt borligini va u soch ildiziga salbiy ta’sir ko‘rsatishini unutib qo‘yishadi. 

 

Agar sochingizdan ham ifor taralishini istasangiz, atirni avval kaftga sepib, keyin sochlarni ishqalash tavsiya etiladi. Ammo atirni sochga quymang!

Sovg‘a uchun qanday guldasta tanlash kerak?

 8.  Flakonda suyuqlik qolmagan bo`lsa, uni tashlab yuborishga shoshilmang. Hali unda suyuqlikning tomchilari va yuqi qolgan bo‘ladi. Idishga hidsiz lasyon qo‘shilsa, yana sevimli tarovatingiz sezila boshlaydi va siz atirdan to‘liq foydalangan bo‘lasiz.

9.  Parfyumeriya do‘konida atirni oddiygina plastik kartasiga sepib hidlab ko‘rishingiz mumkin.

 

10.  O‘zingizga yoqqan tarovatni yostiqqa sepish foydali. Bu uyqu vaqtida tinchlik va xotirjamlikni bag‘ishlaydi. Shunda siz uyqudan to‘yib uyg‘onasiz.

 

11.  Paxta tamponini atirda namlang va og‘zi zich yopiluvchi paketga solib qo‘ying. Uni istagan vaqtda olib, teringizga ishqalashingiz mumkin. Bu sizni atir flakonini sumkada olib yurishdan qutqaradi.

12.  Kiyim javoniga o‘zingizga xush kelgan atirdan sepsangiz, kiyimlaringizdan yoqimli hid keladi. Atir o‘rniga yoqimli hidli sovundan ham foydalanishingiz mumkin. Sovunni kiyim javoniga yoki kiyimlar orasiga qo‘yish kifoya.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz