15:33 Avstraliyada qadimgi quruqlik timsohining qoldiqlari topilgan | |
Kvinslend universiteti olimlari Avstraliyada 13 million yil avval yashagan timsoh qoldiqlarini topishdi. Yo‘qolgan turga Trilophosuchus rackhami nomi berildi. Skeletning o‘lchamiga ko‘ra, sudraluvchining uzunligi 70 dan 90 santimetrgacha, vazni esa bir kilogrammdan ikki kilogrammgacha edi. Taqqoslash uchun, zamonaviy suv timsohlari 5,2 metrgacha o‘sadi va yarim tonnadan oshadi. Paleontologlar timsohning kalta tumshug‘i va bosh suyagi tepasida uchta yaqqol ko‘zga tashlanadigan tizmalari borligini ta’kidladilar. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun ular mikrokompyuterli tomografiya yordamida toshga aylangan suyaklarni skanerlashdi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, o‘lchamdagi farqga qaramay, Trilophosuchus rackhami evolyutsion jihatdan zamonaviy timsohlar bilan bog‘liq. “Agar biz 13 million yil avval Kvinslend shimoliga o‘tmishga qaytish imkoniga ega bo‘lganimizda, siz nafaqat suv bo‘yidagi timsohlardan ehtiyot bo‘lishingiz, balki ularni o‘rmonda bosib o‘tmaslikdan ham ehtiyot bo‘lishingiz kerak bo‘lardi”, — deydi olimlardan biri. Olimlarning qayd etishicha, tadqiqot timsohlar evolyutsiyasini yaxshiroq tasavvur qilish imkonini beradi. Bu tirik mavjudotlarning eng xilma-xil guruhlaridan biridir. Ularni o‘rganish o‘tmishda Yerda turli xil dengiz, chuchuk suv, quruqlikda yashovchi, hattoki o‘txo‘r timsoxlar yashagani haqidagi bilimlarni oshiradi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|