Главная » 2019 » Декабрь » 28 » Ayrim oliy ta'lim tashkilotlari va fakultetlarda kontrakt miqdori maqbullashtiriladi
09:22

Ayrim oliy ta'lim tashkilotlari va fakultetlarda kontrakt miqdori maqbullashtiriladi


Oliy ta'lim tashkilotlarining ta'lim faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining muhokama uchun e'lon qilingan qarori loyihasiga ko`ra, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi:

Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda mahalliy va xorijiy oliy ta'lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi doirasida amalga oshirilayotgan qo‘shma ta'lim dasturlari va fakultetlarning tashkil etilishiga asos bo‘lgan bitimlar, kelishuvlar va memorandumlarni inventarizatsiyadan o‘tkazgan holda qo‘shma ta'lim dasturlari va fakultetlar tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy bitim loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari va qo‘shma fakultetlarning o‘quv rejalari va dasturlari, xorijdan keltiriladigan darsliklar, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, shuningdek boshqa o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazadi hamda ularning qo‘llanishiga doir xulosalar ishlab chiqadi;

2020 yil 1 sentyabrga qadar hamkor xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan muzokaralar o‘tkazish orqali xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari va qo‘shma fakultetlarda ta'lim olish uchun belgilangan to‘lov-shartnoma miqdorini maqbullashtirish choralarini ko‘radi.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra:

qo‘shma ta'lim dasturlari va fakultetlar oliy ta'lim tashkilotida mavjud bo‘lgan ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari negizida tashkil etilishi mumkin, lekin mavjud ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga mos bo‘lgan qo‘shma ta'lim dasturlari va fakultetlar tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi;

qo‘shma ta'lim dasturlari va fakultetlarda ta'lim olayotgan talabalarning o‘qishini boshqa ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarga ko‘chirish taqiqlanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari hamda boshqa vakolatli davlat organlari rahbarlari:

nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatish majburiy tartibda litsenziyalanadigan faoliyat turi ekanligini inobatga olgan holda, tegishli hududlardagi yuridik shaxslarni bunday faoliyat turini maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan turib reklama qilish javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ogohlantiradilar;

ta'lim faoliyati akkreditatsiya qilinmagan yoki tegishli litsenziyani olmasdan nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan oliy ta'lim tashkilotlarini reklama qilish bilan bog‘liq holatlarning oldini oladilar va bunga chek qo‘yadilar;

reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bo‘yicha aniqlangan har bir holat yuzasidan tegishli axborotni javobgarlik choralarini qo‘llash uchun huquqni muhofaza qilish organlariga zudlik bilan yetkazadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy oliy ta'lim muassasalariga kiritish maqsadida pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat, shuningdek nodavlat oliy ta'lim xizmati ko‘rsatish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanishga yo‘l qo‘ymaslik sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish, bu boradagi tekshiruvlar samaradorligini oshirish va qonunga zid holatlar aniqlanganda esa aybdor shaxslarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini qo‘llaydi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz