17:15 Aziza Niyozmetova turmush o‘rtog‘ining xiyonati haqida so‘zlab berdi | |
Ancha paytdan beri kamnamo bo‘lib qolgan xonanda Aziza Niyozmetova jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda shaxsiy hayotiga oid ayrim ma’lumotlarni so‘zlab berdi. Xususan, xonanda hayotda har bir inson o‘z baxtini o‘z qo‘llari bilan yaratishi haqida shunday deydi: —Hayotda har kimning baxti o‘z qo‘lida. Baxtni har kim o‘z qo‘li bilan yaratadi. Hayotda qoqilasiz, yiqilasiz, yiqilib turganingizda yerdan tuproq olib, dushmaningizni ko‘ziga sochsangiz, o‘shanda siz hayotda non yeya olasiz. Yashash uchun kurashish kerak. “Hozirda men birovning sevimli keliniman. Nabiralari bor. Chiroyli turmush o‘rtog‘im bor. Men judayam baxtli ayolman”,—deydi Aziza Niyozmetova. “Dushmanlaringizning sizga yetkazgan eng katta zarari nimada?” degan savolga Aziza Niyozmetova quyidagicha javob beradi: —Dushmanlarimning menga yetkazgan eng katta zarari bu ularning mening hayotimni buzgani. Men xorazmliklar bunaqa bo‘ladi, deb hech kutmagandim. Turmush o‘rtog‘im ustozimning qizi bilan yurib ketadi, deb o‘ylamagandim. Turmush o‘rtog‘imni xiyonati uchun kechirmaganman. Bu voqega o‘sha yerni o‘zidayoq nuqta qo‘yganman.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|