17:07 Baliqli gazak - tez, oson va mazali... | |
Zarur masalliqlar (10 kishilik): 200 gr. dudlangan baliq go‘shti, 3-4 ta tuzlangan bodring, 100 gr. marinadlangan jo‘xori, 2-3 bo‘lak sarimsoq piyoz, oq va qora non bo‘laklari, 3-4 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, bezak uchun ko‘katlar. Tayyorlanishi: 1. Baliq go‘shti va tuzlangan bodringni to‘rtburchak shaklda to‘g‘rang. So‘ng jo‘xori va qirg‘ichdan chiqarilgan 2 dona sarimsoq piyoz bilan aralashtirib, o‘simlik yog‘i qo‘shing. Aralashma 10 daqiqa turgach, tuz va murch bilan ta’mini sozlang. 2. Oq va qora non bo‘laklariga bir bo‘lak sarimsoq piyozni ishqalab, likopchaga tering. Baliqli aralashmadan 1 osh qoshig‘ini non bo‘lagi ustiga solib, ko‘katlar bilan bezating. Mazasi yanayam yaxshilanishi uchun 15-20 daqiqa muzlatgichga qo‘ying. Tayyorlanish vaqti: 20 daqiqa.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|